Qanday fe`l- atvor egasi ekanligingizni sevimli sumkangizga
qarab yoki uni qay holatda taqishingizga qarab aniqlash mumkin ekan, ishonmaysizmi?!
UNDA BIR
TEKSHIRIB KO`RING!!!
Sumkangiz ko`rinishi ichki ko`rinishingiz oynasidir
Katta hajmli sumkalar. Bunday sumkalarni taquvchi qizlar shaxs sifatida yetilgan,
dunyoqarashi keng va qobiliyatli
kishilardir.
Ingichka tasmali yoki zanjirli nozik sumkalar. Bunday sumka sohibalari o`z tashqi qiyofalariga
haddan tashqari e`tabor beruvchi nozik fe`l- atvorli bo`lishadi. Biroq ular uy-
ro`zg`or ishlarida biroz tajribasiz hisoblanishadi.
Katta bo`lmagan tutqichsiz sumka. Unda odatda kalitlar, pardoz vositalari, hamyon va
ko`zgu bo`ladi. Nisbatan kichkina sumka va uning ichidagi narsalar sizning
vazmin va uyushqoqligingiz belgisidir.
Endi esa sumkangizni qay holda taqishingiz to`g`risida suhbatlashsak!
Agar siz sumkani qo`lingizni tushirgan holda
tutqichidan ushlasangiz,
bu sizning har ishda mo`tadilligingizni anglatadi. Puxtalik, tarbiyalilik va
bosiqlik kabi odatlar sizga xosdir. Yetrlicha javobgarlik hissini anglab
yetgansiz.
Sumkani
qo`lingiz
bukilgan
holda
taqsangiz,
unda
sizni
o`ta qatiyatli, g`ayratli, har qanday qiyinchilik holatidan tez chiqib keta oladigan deya qo`rqmay e`tirof etishimiz mumkin. Yolg`izlikni yoqtirmaganingiz uchun ham hamma bilan til
topishadiganlar sirasiga kirasiz.
Yelkaga
taqilgan sumkalar.
Agar qo`lingiz tushirilgan va harakatsiz bo`lsa, bu uyatchanlik va
ishonchsizlik belgisi. Aksincha, qo`lingizni erkin harakatlantirsangiz o`zingiz
va hayotingizdan mamnun ekanligingiz tushiniladi. Bunday mijozli qizlar
atrofdagilar e`tiborini tortishni istaydilar va hatto, biroz maqtanchoqlik
xususiyati ham ulardan begona emas.
Qo`ltiqqa qistirib taqilgan sumkalar
bizga sumka egasining yopiq
feli, mustaqilligi va jiddiyligidan darak beradi. Bunday qizlarni biz be`malol
o`zimizga do`st qilib tanlashimiz mumkin, chunki ularga sodiqlik bobida teng
keladigani yo`q.
Sumkasini goh unday, goh bunday taquvchi qizlar o`zgaruvchan, o`zidan qoniqmaydigan
bo`lishadi. Ular o`z qarashlarini osonlikcha o`zgartirishadi, jizzaki
bo`lishadi.
Sumkangiz
ichida nimalar olib yurishingiz ham, xulq- atvoringiz to`g`risida ma`lumot
beradi.
“Xaos” uslubi. Bunda eng zarur bo`lgan narsalarni sumkaning tagiga
qo`yishadi, shuning uchun ham ularni topish uchun sumkani ag`dar- to`ntar
qilishadi. Bu uslub egalari “Hech qanday muommo yo`q” shiori bilan yashaydilar.
Ishonuvchan, samimiy bo`lishadi, lekin shu bilan birga nimanidir unitib osongina
pand berish odatlari ham yo`q emas va bunga hech qanday fojea ko`rmay odatiy
holdek qarashadi.
“Namunali tartib” uslubi. Bu uslub yuqoridagidan keskin farqlanadi. Unda faqat
kerakli narsalar mavjud bo`lib, sumka shakli ham ixcham bo`ladi. Ushbu uslubni
hush ko`ruvchi qizlar, juda faol va ishonchli bo`lishadi. Tashkilotchilik
qobiliyatiga ega bo`lib, muloyimlik, o`ziga ishonch ularga hamisha hamroh
bo`ladi.
“Hayotning har qanday holatiga tayyor” uslubi. Bu uslub sohibalari sumkasidan telefon
kitobchasidan tortib dezodorantgacha, manikyur buyumidan igna va ipgacha
topiladi. Bu sizning ish ko`zini bilishingizdan guvohlik beradi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий