пятница, 14 декабря 2012 г.

KO`ZLARINGIZ RAVSHAN BO`LSIN DESANGIZ...

Ilgari uzoqni ko`ra olmaslik boshlang`ich sinflarda paydo bo`lib o`smirlikda jadallashgan bo`lsa, hozirda kompyuterdan ko`p foydalanish, o`qishga erta o`rgatish sababli 3- 4 yoshdan boshlanyapti. Bu kasallik bilan og`rib qolsangiz tezda oftolmolog ko`rigidan o`ting yo`qsa ko`rish qobiliyatingiz yanada pasayib ketishi va hatto ko`rmaslikka ham olib kelishi mumkin. Ba`zan o`qish boshlanishida “soxta uzoqni ko`rmaslik” paydo bo`lishi mumkin, bunday hollarda qisqa muddatli davolanishning o`zi kifoya.


         Ushbu kasallikning vujudga kelishida uchta omil sababchi bo`ladi ular: genetik, to`qimalar holati (bu bolaning umumiy sog`ligiga bog`liq) va ko`zni haddan ortiq toliqtirish. Agar kasal gen orqali o`tgan bo`lsa, tibbiyot unga ta`sir etolmaydi. Ammo bola 3 yoshgacha kompyuterdan foydalanmasa, ko`rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi. Qaddi- qomatning to`g`riligiga ham e`tibor bering, bunda umurtqa pog`onasi me`yorda rivojlanib, qon aylanishini yaxshilydi. Kompyuter, televizor ko`rayotganinggizda xona yetarlicha yorug`lik bilan ta`minlangan bo`lishi kerak.



Kasallikning oldini olish va yaxshilash uchun sportning badminton va stol tennis turlai bilan shug`ullanib turing. Bunday holatda ovqatlanishga albatta ahamiyat qaratish kerak. Kalsiyga boy bo`lgan sut mahsulotlari, go`sht, yog`li baliq va eng asosiysi, qorag`at mevasi va sabzini iste`mol qilishni unutmang.

         Kasallik boshlanishida ko`z tomirlarini bo`shashtiruvchi tomchi dori tomizish foydadan holi bo`lmaydi. Yilda 2 haftalik muolaja olib turing.

Foydali maslahatlar

1.     Kitob o`qiyotganda tagiga uni ko`tarib turuvchi moslama qo`ying
2.      Daftar, kitobingizdan 30- 40 sm masofa uzoqligida foydalaning
3.     O`qiyotganda to`g`ri o`tiring, bo`lmasa bu qon aylanish sistemasiga salbiy ta`sir ko`rsatadi
4.     Kompyuter, televizor tomosha qilganda xonada qo`shimcha yorug`lik manbalari bo`lsin
5.     Doktor ko`zoynak taqishni tavsiya qilgan bo`lsa, uni taqing ko`zni qisib qarash toliqishga va ko`rish o`tkirligining yanada tushishiga olib keladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий