пятница, 14 декабря 2012 г.

SUMKACHASI QO`LIDA!

Qanday fe`l- atvor egasi ekanligingizni sevimli sumkangizga qarab yoki uni qay holatda taqishingizga qarab aniqlash mumkin ekan, ishonmaysizmi?!
UNDA BIR TEKSHIRIB KO`RING!!!
Sumkangiz ko`rinishi ichki ko`rinishingiz oynasidir
Katta hajmli sumkalar. Bunday sumkalarni taquvchi qizlar shaxs sifatida yetilgan, dunyoqarashi keng va  qobiliyatli kishilardir.



Ingichka tasmali yoki zanjirli nozik sumkalar. Bunday sumka sohibalari o`z tashqi qiyofalariga haddan tashqari e`tabor beruvchi nozik fe`l- atvorli bo`lishadi. Biroq ular uy- ro`zg`or ishlarida biroz tajribasiz hisoblanishadi.
Katta bo`lmagan tutqichsiz sumka. Unda odatda kalitlar, pardoz vositalari, hamyon va ko`zgu bo`ladi. Nisbatan kichkina sumka va uning ichidagi narsalar sizning vazmin va uyushqoqligingiz belgisidir.

Endi esa sumkangizni qay holda taqishingiz to`g`risida suhbatlashsak!
Agar siz sumkani qo`lingizni tushirgan holda tutqichidan ushlasangiz, bu sizning har ishda mo`tadilligingizni anglatadi. Puxtalik, tarbiyalilik va bosiqlik kabi odatlar sizga xosdir. Yetrlicha javobgarlik hissini anglab yetgansiz.
Sumkani qo`lingiz bukilgan holda taqsangiz, unda sizni o`ta qatiyatli, g`ayratli, har qanday qiyinchilik holatidan tez chiqib keta oladigan deya qo`rqmay e`tirof etishimiz mumkin. Yolg`izlikni yoqtirmaganingiz uchun ham hamma bilan til topishadiganlar sirasiga kirasiz.

         Yelkaga taqilgan sumkalar. Agar qo`lingiz tushirilgan va harakatsiz bo`lsa, bu uyatchanlik va ishonchsizlik belgisi. Aksincha, qo`lingizni erkin harakatlantirsangiz o`zingiz va hayotingizdan mamnun ekanligingiz tushiniladi. Bunday mijozli qizlar atrofdagilar e`tiborini tortishni istaydilar va hatto, biroz maqtanchoqlik xususiyati ham ulardan begona emas.

Qo`ltiqqa qistirib taqilgan  sumkalar  bizga sumka egasining yopiq feli, mustaqilligi va jiddiyligidan darak beradi. Bunday qizlarni biz be`malol o`zimizga do`st qilib tanlashimiz mumkin, chunki ularga sodiqlik bobida teng keladigani yo`q.
Sumkasini goh unday, goh bunday taquvchi qizlar o`zgaruvchan, o`zidan qoniqmaydigan bo`lishadi. Ular o`z qarashlarini osonlikcha o`zgartirishadi, jizzaki bo`lishadi.

Sumkangiz ichida nimalar olib yurishingiz ham, xulq- atvoringiz to`g`risida ma`lumot beradi.
“Xaos” uslubi. Bunda eng zarur bo`lgan narsalarni sumkaning tagiga qo`yishadi, shuning uchun ham ularni topish uchun sumkani ag`dar- to`ntar qilishadi. Bu uslub egalari “Hech qanday muommo yo`q” shiori bilan yashaydilar. Ishonuvchan, samimiy bo`lishadi, lekin shu bilan birga nimanidir unitib osongina pand berish odatlari ham yo`q emas va bunga hech qanday fojea ko`rmay odatiy holdek qarashadi.
“Namunali tartib” uslubi. Bu uslub yuqoridagidan keskin farqlanadi. Unda faqat kerakli narsalar mavjud bo`lib, sumka shakli ham ixcham bo`ladi. Ushbu uslubni hush ko`ruvchi qizlar, juda faol va ishonchli bo`lishadi. Tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo`lib, muloyimlik, o`ziga ishonch ularga hamisha hamroh bo`ladi.
“Hayotning har qanday holatiga tayyor” uslubi. Bu uslub sohibalari sumkasidan telefon kitobchasidan tortib dezodorantgacha, manikyur buyumidan igna va ipgacha topiladi. Bu sizning ish ko`zini bilishingizdan guvohlik beradi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий